volume

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

eye

Кўриниш

A
A
A

Шрифт ўлчами

0% га катталаштириш
Ишонч телефонлари:
(0436) 224-98-31
(0436) 224-01-79

Факс: (0436) 224-98-31
E-mail: navoiy@qsxv.uz
Иш вақти: Душанба-Жума, 08:00-17:00
Манзил: 210100, Навоий ш., Низомий-24
Мўлжал: "Турон" банки
Войти на сайт
Логин:
Пароль:
Регистрация  |  Пароль?  |  Закрыть

Ipak hammaga kerak

Ipak hammaga kerak
O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligidan ma’lum qilishlaricha, joriy yilda 26 ming tonna qimmatbaho sanoat xomashyosi tayyorlanadi. Buning uchun 451 ming 440 quti ipak qurti parvarishlanadi.

Ipak qurti urug‘ini sifatli tayyorlash maqsadida urug‘larni jonlantiradigan inkubatoriyalar ta’mirlanib, qayta jihozlandi. Ipak qurti urug‘larini tarqatishda viloyatlardagi mavjud tutzorlar va tut barglarining miqdori e’tiborga olinmoqda.

Mavsumda respublikamizda pillakorlarni barg bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida 80 million yakka tut qatori va 51 ming gektar tutzorda bahorgi yumushlar, agrotexnik tadbirlar jadal davom etayotir. Joriy yilda bir ming ikki yuz gektardan ziyod maydonda yangi tutzorlar tashkil etish belgilangan. Mavjudlarining xatosi to‘ldirilib, ariq atroflariga qo‘shimcha tut ko‘chatlari ekiladi.

– Sohadagi muhim tadbirlardan biri pillakorlar bilan shartnoma tuzishdir, – deydi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi pillachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Qahhor Yavqochdiyev. – Hozir pilla qabul qilish korxonalari bilan fermer xo‘jaliklari o‘rtasida pilla yetishtirish yuzasidan shartnomalar tuzilib, endi fermer xo‘jaliklari bilan pilla yetishtiruvchilar o‘rtasida mehnat shartnomalari imzolanmoqda. Ipak qurti boquvchilar bo‘nak puli hamda barcha zaruriy jihozlar – farmolin, to‘shama qog‘ozlar, termometr bilan ta’minlandi. Ularning tajribasini oshirish maqsadida joylarda o‘quv kurslari tashkil etilmoqda.

Ipak tolasi sanoatimiz taraqqiyotida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Bir tonna pilladan 350 kilogramm ipak, 20 ming metr adras, 13 ming metr atlas kabi o‘ndan ortiq mahsulot olinadi.

– Ipak qurti – mo‘jiza, – deydi navoiylik pillakor Yulduz Ahmadjonova. – U pok joyda unib-o‘sadi, halollikni sevadi. Pilla juda nozik, uni mehr bilan parvarishlash zarur. Bu beozor jonivorlar bor-yo‘g‘i bir oygina mehmonimiz bo‘ladi. Shu orada uni me’yorida parvarishlagan kishining xonadonidan yil davomida fayz-baraka arimaydi.

www.uza.uz

Маълумотни таҳрирлади: info - 6-08-2016, 09:31

Чоп этиш

Мавзуга оид ўхшаш маълумотлар
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi lola daraxti va Qrim qarag‘ayi...
BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) O‘zbekiston bilan hamkorlik...
Joriy yilning yanvar-iyunida qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlar...
Ikkinchi bosqichi foydalanishga topshirildi Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga...
Мамлакатимизда қишлоқ хўжалиги соҳасида амалга оширилаётган ислоҳотлар ва таркибий...
Мамлакатимизда қишлоқ хўжалиги соҳасида амалга...
Мазкур нав шўрланган ерларда ҳам ўсиб, юқори...
Хар бир фукаро мурожаати конунда урнатилган тартибда куриб чикилади ва жавоб берилади....
Куйида Вазирлик ҳамда вилоят рахбарларининг қабул қилиш жадвали келтирилган...
Ушбу Қонун фуқароларнинг давлат органларига, муассасаларига (бундан буён матнда давлат...

Веб-сайт янгиликларидан хабардор бўлиб туриш учун қуйидаги қаторга амалдаги электрон манзилингизни киритинг ва электрон манзилингизга жўнатилган хат орқали обунани тасдиқланг: