volume

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

eye

Кўриниш

A
A
A

Шрифт ўлчами

0% га катталаштириш
Ишонч телефонлари:
(0436) 224-98-31
(0436) 224-01-79

Факс: (0436) 224-98-31
E-mail: navoiy@qsxv.uz
Иш вақти: Душанба-Жума, 08:00-17:00
Манзил: 210100, Навоий ш., Низомий-24
Мўлжал: "Турон" банки
Войти на сайт
Логин:
Пароль:
Регистрация  |  Пароль?  |  Закрыть

Qishloq xo’jaligi statistikasi(14.09.2014 )

oriy yilning yanvar-iyunida qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 15311,5 mlrd. so’mni yoki 2013 yilning shu davriga nisbatan 106,9 foizni tashkil qildi, jumladan, dehqonchilik mahsulotlari 8736,1 mlrd. so’mni (107,1 foiz), chorvachilik mahsulotlari 6575,4 mlrd. so’mni (106,7 foiz) tashkil etdi.

Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining xo’jalik toifalari bo’yicha taqsimlanishi quyidagicha ifodalanadi:

umumiy hajmga nisbatan foiz hisobida
Qishloq xo’jaligi statistikasi(14.09.2014 )
Dehqonchilik. Joriy yilning yanvar-iyunida qishloq xo’jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilikning ulushi 57,1 foizni tashkil etdi.

Dastlabki ma‘lumotlarga ko’ra, barcha toifadagi xo’jaliklarda 1 iyul holatiga joriy yil hosili uchun ekilgan qishloq xo’jalik ekinlarining umumiy maydoni 3635,4 ming gektar maydonni tashkil qildi, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 0,8 ming gektar maydonga ko’p ekin ekilgan.

Boshoqli don ekinlari bilan band bo’lgan ekin maydoni 1635,6 ming gektarni (2013 yil yanvar-iyuniga nisbatan 3,3 ming gektarga ko’p), kartoshka ekin maydonlari 79,5 ming gektarni (1,0 ming gektarga ko’p), sabzavot ekinlari maydoni 189,9 ming gektarni (1,4 ming gektarga ko’p), ozuqa ekinlari maydoni 311,9 ming gektarni (10,0 ming gektarga ko’p) tashkil qildi.
2014 yil hosili uchun asosiy qishloq xo’jalik mahsulotlarining ekin maydonlari quyidagicha ifodalanadi:
ming gektar
yakunga
nisbatan foiz
hisobida
kin maydoni
Hosilni yig’ib-terib olish. Joriy yil 1 iyul holatiga barcha toifadagi xo’jaliklar bo’yicha 5783,0 ming tonna donli, shu jumladan 5772,8 ming tonna boshoqli don, shundan 5697,5 ming tonna bug’doy yig’ib olindi.

Hisobot davrida 1225,6 ming tonna kartoshka qazib olindi, 2410,4 ming tonna sabzavot, 150,7 ming tonna poliz ekinlari, 782,4 ming tonna meva va rezavorlar hamda 22,2 ming tonna uzum yig’ib olindi.
Chorvachilik. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 42,9 foizni (2013 yil yanvar-iyunida 42,1 foiz) tashkil etdi.

2014 yil 1 iyul holatiga yirik shoxli qoramollar bosh soni 453,8 ming boshga (4,4 foizga), shu jumladan sigirlar soni 80,7 ming boshga (2,0 foizga), qo’y va echkilar soni 654,3 ming boshga (3,7 foizga), parrandalar soni 5001,7 ming boshga (10,3 foizga) ko’paydi.
Dehqon xo’jaliklarining ulushiga yirik shoxli qoramollar umumiy sonining 94,1 foizi, sigirlarning - 94,7 foizi, qo’y va echkilarning - 83,2 foizi, otlarning - 84,8 foizi, parrandalarning - 63,8 foizi, fermer xo’jaliklariga esa yirik shoxli qoramollarning 4,9 foizi, sigirlarning - 4,4 foizi, qo’y va echkilarning - 7,2 foizi, otlarning - 9,0 foizi, parrandalarning - 12,1 foizi to’g’ri keladi.

2014 yil yanvar-iyun holatiga barcha toifadagi xo’jaliklarda 886,1 ming tonna go’sht (tirik vaznda) (o’tgan yilning shu davriga nisbatan 6,5 foizga ko’p), 3676,5 ming tonna sut (6,7 foizga ko’p), 2517,2 mln. dona tuxum (11,2 foizga ko’p), 17,3 ming tonna jun (6,3 foizga ko’p) yetishtirildi.
Chorvachilik mahsulotlarini (go’sht, sut, tuxum) ishlab chiqarishdagi o’sish barcha viloyatlar bo’yicha asosan dehqon va fermer xo’jaliklari hisobiga amalga oshdi. Dehqon xo’jaliklarining ulushi go’sht ishlab chiqarish umumiy hajmida 94,8 foizni, sut ishlab chiqarishda 95,8 foizni, tuxum ishlab chiqarishda 56,5 foizni tashkil etdi.

Fermer xo’jaliklari. 2014 yilning yanvar-iyunida fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 3534,3 mlrd. so’mni yoki 2013 yilning yanvar-iyuniga nisbatan 103,7 foizni tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo’jaliklarining ulushi 23,1 foizni tashkil etdi.

2014 yilning 1 iyul holatiga fermer xo’jaliklarida yirik shoxli qoramollar 523,5 ming boshni, shu jumladan sigirlar 181,3 ming boshni, qo’y va echkilar 1323,6 ming boshni, parrandalar 6508,6 ming boshni tashkil qildi.
Davlat statistika qo‘mitasi Axborot xizmati

Чоп этиш

Мавзуга оид ўхшаш маълумотлар
Mamlakatimiz pilla yetishtirish hajmi va sifati bo‘yicha dunyoda yetakchi...
O‘zbekistonda 2014-yilning yanvar-sentabr oylarida chet el kapitali ishitokida 325...
BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) O‘zbekiston bilan hamkorlik...
Do'stlik" agrofirmasi NKMK agrosanoat kompleksining yirik xo'jaligi hisoblanadi....
Мамлакатимизда қишлоқ хўжалиги соҳасида амалга оширилаётган ислоҳотлар ва таркибий...
Мамлакатимизда қишлоқ хўжалиги соҳасида амалга...
Мазкур нав шўрланган ерларда ҳам ўсиб, юқори...
Хар бир фукаро мурожаати конунда урнатилган тартибда куриб чикилади ва жавоб берилади....
Куйида Вазирлик ҳамда вилоят рахбарларининг қабул қилиш жадвали келтирилган...
Ушбу Қонун фуқароларнинг давлат органларига, муассасаларига (бундан буён матнда давлат...

Веб-сайт янгиликларидан хабардор бўлиб туриш учун қуйидаги қаторга амалдаги электрон манзилингизни киритинг ва электрон манзилингизга жўнатилган хат орқали обунани тасдиқланг: