volume

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

eye

Кўриниш

A
A
A

Шрифт ўлчами

0% га катталаштириш
Ишонч телефонлари:
(0436) 224-98-31
(0436) 224-01-79

Факс: (0436) 224-98-31
E-mail: navoiy@qsxv.uz
Иш вақти: Душанба-Жума, 08:00-17:00
Манзил: 210100, Навоий ш., Низомий-24
Мўлжал: "Турон" банки
Войти на сайт
Логин:
Пароль:
Регистрация  |  Пароль?  |  Закрыть
» » » Қишлоқ хўжалигида нарх-навони барқарорлаштиришга қаратилган тадбирлар

Қишлоқ хўжалигида нарх-навони барқарорлаштиришга қаратилган тадбирлар

 Қишлоқ хўжалигида нарх-навони барқарорлаштиришга қаратилган тадбирлар

 

2017 yilning 12 dekabr kuni O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tashabbusi bilan O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi hamda O‘zbekiston tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligi sohasida samarali xizmat qilib, davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo‘lgan fermer, bog‘bon, suvchi va dehqonlarimiz ishtirokida "Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida bayon etilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi. Tadbir ishtirokchilari davlatimiz rahbari tomonidan agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari har tomonlama chuqur va asosli ekanini ta’kidlashdi. Mamlakat rahbari tomonidan kuyunib gapirilayotgan ushbu islohotlar zamirida yurtimizda fermerlik harakatini yanada rivojlantirish, xorijga faqat tayyor mahsulotlar eksport qilishni yo‘lga qo‘yish, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan talabini qondirish, xalqimizning turmush darajasini oshirish, bozorlarimizda narx-navo barqarorligini saqlash kabi muhim masalalar yotgani ta’kidlandi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha shu sohaga daxldor bo‘lgan tashkilot va muassasalar qatori partiyamiz ham o‘z dasturida belgilab olganidek, davlatning agrar sohadagi munosabatlarni takomillashtirish, fermer va dehqon xo‘jaliklarining rivojlantirilishini qo‘llab-quvvatlaydi va bu islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etadi. Zero, O‘zLiDeP qishloq xo‘jaligidagi muammolarni hal etmasdan turib, iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli davom ettirib bo‘lmaydi, deb hisoblaydi. Tadbirda Prezidentimiz ma’ruzasida ilgari surilgan g‘oyalar bu boradagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekani, fermerlik harakatini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani yana bir karra e’tirof etildi. Faqatgina oxirgi ikki yilda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari 45 foizga ko‘payib, ularning soni 75 mingtaga yetgani fikrimizga yaqqol dalildir. Davra suhbatida ta’kidlanganidek, qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, yer-suv resurslaridan yanada oqilona foydalanish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish orqali dehqonlarning daromadini oshirish borasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Jumladan, bu yil birinchi marta g‘alladan bo‘shagan qariyb 1 million gektar maydonda sabzavot, kartoshka, poliz va dukkakli ekinlar ekildi va 5,5 million tonnadan ortiq mahsulot yetishtirildi. 96 ming gektar hosildorligi past maydonlarda paxta va g‘alla o‘rniga 32 ming gektar yerda karam, turli sabzavot va ko‘katlar ekildi va bu maydonlardan olingan minglab tonna mahsulotlar xorijga eksport qilindi. 11 ming gektarda intensiv bog‘ va yangi tokzorlar, 1 ming 500 gektarda issiqxonalar barpo etildi. Bu borada Ispaniya, Polsha, Niderlandiya, Gretsiya, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Vetnam va Indoneziya davlatlarining ilg‘or tajribalaridan keng foydalanildi. Joriy yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 132 ming tonnasi qayta ishlanib, 100 million dollarlik tayyor mahsulot eksport qilindi. 724 ming tonna ho‘l meva chetga sotildi va bu yurtimizga 856 million dollar valyuta keltirdi.

Қишлоқ хўжалигида нарх-навони барқарорлаштиришга қаратилган тадбирлар

Чоп этиш

Мавзуга оид ўхшаш маълумотлар
AQSh Xalqaro rivojlanish agentligi (USAID) tomonidan loyihalashtirilgan va...
O‘zbekiston TIVda Chernogoriya prezidenti maslahatchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi...
BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) O‘zbekiston bilan hamkorlik...
Davlat statistika qo’mitasi tomonidan «O‘zbekiston qishloq xo‘jаligi» statistik...
Мамлакатимизда қишлоқ хўжалиги соҳасида амалга оширилаётган ислоҳотлар ва таркибий...
Мамлакатимизда қишлоқ хўжалиги соҳасида амалга...
Мазкур нав шўрланган ерларда ҳам ўсиб, юқори...
Хар бир фукаро мурожаати конунда урнатилган тартибда куриб чикилади ва жавоб берилади....
Куйида Вазирлик ҳамда вилоят рахбарларининг қабул қилиш жадвали келтирилган...
Ушбу Қонун фуқароларнинг давлат органларига, муассасаларига (бундан буён матнда давлат...

Веб-сайт янгиликларидан хабардор бўлиб туриш учун қуйидаги қаторга амалдаги электрон манзилингизни киритинг ва электрон манзилингизга жўнатилган хат орқали обунани тасдиқланг: