volume

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

eye

Кўриниш

A
A
A

Шрифт ўлчами

0% га катталаштириш
Ишонч телефонлари:
(0436) 224-98-31
(0436) 224-01-79

Факс: (0436) 224-98-31
E-mail: navoiy@qsxv.uz
Иш вақти: Душанба-Жума, 08:00-17:00
Манзил: 210100, Навоий ш., Низомий-24
Мўлжал: "Турон" банки
Войти на сайт
Логин:
Пароль:
Регистрация  |  Пароль?  |  Закрыть
» » » 15.10.2014 O‘zbekiston TIVda Chernogoriya prezidenti maslahatchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

15.10.2014 O‘zbekiston TIVda Chernogoriya prezidenti maslahatchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston TIVda Chernogoriya prezidenti maslahatchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
15.10.2014 O‘zbekiston TIVda Chernogoriya prezidenti maslahatchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2014-yilning 14-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida yurtimizga tashrif buyurgan Chernogoriya Respublikasi Prezidentining iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Rujiya Tuzovich boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat chog‘ida siyosiy, tijoriy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa jabhalardagi O‘zbekiston-Chernogoriya munosabatlari istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasini oshirish uchun sezilarli salohiyatga ega ekanliklarini ta’kidlab o‘tdilar. O‘zbekiston va Chernogoriya ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish, qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalarida ilmiy-tadqiqot markazlari va o‘quv yurtlari orasida aloqalar o‘rnatish yo‘li bilan amaliy hamkorlik qilish, sayyohlik yo‘nalishlarida tajriba almashish har ikki davlat manfaatlariga javob berishi qayd etildi.

Uchrashuvda turli darajadagi bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.

Чоп этиш

Мавзуга оид ўхшаш маълумотлар
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Koreya bilan...
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri BMT Bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi ...
Abdulaziz Komilov Germaniyada mamlakat tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi ...
O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniya federal kansleri maslahatchisi bilan muzokaralar...
Мамлакатимизда қишлоқ хўжалиги соҳасида амалга оширилаётган ислоҳотлар ва таркибий...
Мамлакатимизда қишлоқ хўжалиги соҳасида амалга...
Мазкур нав шўрланган ерларда ҳам ўсиб, юқори...
Хар бир фукаро мурожаати конунда урнатилган тартибда куриб чикилади ва жавоб берилади....
Куйида Вазирлик ҳамда вилоят рахбарларининг қабул қилиш жадвали келтирилган...
Ушбу Қонун фуқароларнинг давлат органларига, муассасаларига (бундан буён матнда давлат...

Веб-сайт янгиликларидан хабардор бўлиб туриш учун қуйидаги қаторга амалдаги электрон манзилингизни киритинг ва электрон манзилингизга жўнатилган хат орқали обунани тасдиқланг: