volume

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

eye

Кўриниш

A
A
A

Шрифт ўлчами

0% га катталаштириш
Ишонч телефонлари:
(0436) 224-98-31
(0436) 224-01-79

Факс: (0436) 224-98-31
E-mail: navoiy@qsxv.uz
Иш вақти: Душанба-Жума, 08:00-17:00
Манзил: 210100, Навоий ш., Низомий-24
Мўлжал: "Турон" банки
Войти на сайт
Логин:
Пароль:
Регистрация  |  Пароль?  |  Закрыть
» » » 15.10.2014 Abdulaziz Komilov Germaniyada mamlakat tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

15.10.2014 Abdulaziz Komilov Germaniyada mamlakat tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Germaniyada mamlakat tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
15.10.2014 Abdulaziz Komilov Germaniyada mamlakat tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
2014-yilning 14-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Berlin shahrida Germaniya Federativ Respublikasining Federal tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ikki davlat tashqi siyosat idoralari rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va boshqa sohalardagi davlatlararo aloqalarning istiqbollarini muhokama qildilar.

Barcha darajalardagi hamkorlikning o‘zaro ijobiy tajribasi, munosabatlarning muntazam yangilanayotgan shartnomaviy-huquqiy asosi ko‘p qirrali O‘zbekiston-Germaniya muloqoti kelajagiga ishonch bilan qarash imkonini yaratayotgani qayd etildi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, yuksak nemis texnologiyasi va O‘zbekiston tomonidan xorijiy sarmoyadorlarga taqdim etiladigan katta imtiyozlardan foydalangan holda zamonaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdan har ikki tomon ham manfaatdorligi ta’kidlab o‘tildi.

Suhbatdoshlar madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarni kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratdilar.

Shuningdek, tomonlar dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar, shu jumladan Afg‘onistonda vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Muzokaralar so‘ngida vazirlar O‘zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o‘rtasida daromad va mol-mulk soliqlari yuzasidan ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish to‘g‘risida 1999-yil 7-oktabrdagi Bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Bayonnomaga imzo chekdilar.

Shu kunning o‘zida Germaniya TIVning Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yisha Vakili Kord Mayer-Klodt ishtirokida siyosiy maslahatlashuvlar ham bo‘lib o‘tdi.
Manba: Daryo.uz

Чоп этиш

Мавзуга оид ўхшаш маълумотлар
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Koreya bilan...
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri BMT Bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi ...
O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniya federal kansleri maslahatchisi bilan muzokaralar...
O‘zbekiston TIVda Chernogoriya prezidenti maslahatchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi...
Мамлакатимизда қишлоқ хўжалиги соҳасида амалга оширилаётган ислоҳотлар ва таркибий...
Мамлакатимизда қишлоқ хўжалиги соҳасида амалга...
Мазкур нав шўрланган ерларда ҳам ўсиб, юқори...
Хар бир фукаро мурожаати конунда урнатилган тартибда куриб чикилади ва жавоб берилади....
Куйида Вазирлик ҳамда вилоят рахбарларининг қабул қилиш жадвали келтирилган...
Ушбу Қонун фуқароларнинг давлат органларига, муассасаларига (бундан буён матнда давлат...

Веб-сайт янгиликларидан хабардор бўлиб туриш учун қуйидаги қаторга амалдаги электрон манзилингизни киритинг ва электрон манзилингизга жўнатилган хат орқали обунани тасдиқланг: