volume

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

eye

Кўриниш

A
A
A

Шрифт ўлчами

0% га катталаштириш
Ишонч телефонлари:
(0436) 224-98-31
(0436) 224-01-79

Факс: (0436) 224-98-31
E-mail: navoiy@qsxv.uz
Иш вақти: Душанба-Жума, 08:00-17:00
Манзил: 210100, Навоий ш., Низомий-24
Мўлжал: "Турон" банки
Войти на сайт
Логин:
Пароль:
Регистрация  |  Пароль?  |  Закрыть
» » » 18.10.2014 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oqsaroyda BMT Bosh kotibi o‘rinbosarini qabul qildi

18.10.2014 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oqsaroyda BMT Bosh kotibi o‘rinbosarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oqsaroyda BMT Bosh kotibi o‘rinbosarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 17-oktabr kuni Oqsaroyda Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari, BMT Taraqqiyot dasturining rahbari Helen Klarkni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
18.10.2014 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oqsaroyda BMT Bosh kotibi o‘rinbosarini qabul qildi
Islom Karimov mehmonni O‘zbekistonga tashrifi bilan qutlar ekan, O‘zbekiston Birlashgan millatlar tashkiloti, xususan, BMT Taraqqiyot dasturi bilan samarali hamkorlik qilib kelayotganini ta’kidladi.

18.10.2014 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oqsaroyda BMT Bosh kotibi o‘rinbosarini qabul qildi
O‘zbekiston jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi sifatida xalqaro jarayonlarda faol ishtirok etib, dolzarb masalalar, jumladan, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, uning izchil rivojlanishini ta’minlash, atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha amaliy tashabbuslarni ilgari surmoqda.

Suhbat chog‘ida so‘nggi 20 yilda O‘zbekistonda BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda umumiy qiymati 184 million AQSh dollaridan ziyod 211 loyiha amalga oshirilgani qayd etildi. Joriy yilda O‘zbekistonda aholi turmush farovonligini oshirish va Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan keng ko‘lamli demokratik, sud-huquq va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga doir 30 dan ortiq loyiha hayotga tatbiq etilmoqda.

18.10.2014 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oqsaroyda BMT Bosh kotibi o‘rinbosarini qabul qildi
BMT Bosh kotibining o‘rinbosari O‘zbekistonning iqtisodiy yutuqlariga, ya’ni O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sish darajasi keyingi 10 yil davomida yiliga sakkiz foizdan ziyodni tashkil etayotganiga yuksak baho berdi.

Helen Klark Birlashgan millatlar tashkiloti va uning Bosh kotibi Pan Gi Mun nomidan shu yil oktabr oyining oxirida Urganch shahrida bo‘lib o‘tadigan “Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro konferensiyani qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Ushbu xalqaro anjuman Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga raislik qilayotgan O‘zbekiston tomonidan taklif etilgan bo‘lib, u BMT Bosh assambleyasining 68-sessiyasida rasmiy hujjat sifatida tarqatilgan “Orol dengizi qurishining oqibatlarini bartaraf etish va Orolbo‘yida ekotizimlar halokatining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ni amalga oshirish doirasida o‘tkazilmoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston va BMT hamkorligini yanada rivojlantirishga doir boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Manba: Daryo.uz

Чоп этиш

Мавзуга оид ўхшаш маълумотлар
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri BMT Bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi ...
O‘zbekiston TIVda Chernogoriya prezidenti maslahatchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi...
O‘zbekistonga BMT Bosh kotibi o‘rinbosari tashrif buyuradi 2014-yilning 15-oktabr...
Prezident Islom Karimov ShHT sammiti doirasida uchrashuvlar o‘tkazdi ‘zbekiston...
Мамлакатимизда қишлоқ хўжалиги соҳасида амалга оширилаётган ислоҳотлар ва таркибий...
Мамлакатимизда қишлоқ хўжалиги соҳасида амалга...
Мазкур нав шўрланган ерларда ҳам ўсиб, юқори...
Хар бир фукаро мурожаати конунда урнатилган тартибда куриб чикилади ва жавоб берилади....
Куйида Вазирлик ҳамда вилоят рахбарларининг қабул қилиш жадвали келтирилган...
Ушбу Қонун фуқароларнинг давлат органларига, муассасаларига (бундан буён матнда давлат...

Веб-сайт янгиликларидан хабардор бўлиб туриш учун қуйидаги қаторга амалдаги электрон манзилингизни киритинг ва электрон манзилингизга жўнатилган хат орқали обунани тасдиқланг: