volume

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

eye

Кўриниш

A
A
A

Шрифт ўлчами

0% га катталаштириш
Ишонч телефонлари:
(0436) 224-98-31
(0436) 224-01-79

Факс: (0436) 224-98-31
E-mail: navoiy@qsxv.uz
Иш вақти: Душанба-Жума, 08:00-17:00
Манзил: 210100, Навоий ш., Низомий-24
Мўлжал: "Турон" банки
Войти на сайт
Логин:
Пароль:
Регистрация  |  Пароль?  |  Закрыть
» » » Ikkinchi bosqichi foydalanishga topshirildi(05.09.2014 й)

Ikkinchi bosqichi foydalanishga topshirildi(05.09.2014 й)

Ikkinchi bosqichi foydalanishga topshirildi
Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli Qizilqum fosforit majmuasining ikkinchi bosqichi ishga tushirildi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida mamlakatimizda ishlab chiqarish hajmi va sifati muttasil oshib bormoqda. Davlatimiz rahbarining 2012-yil 10-aprelda qabul qilingan «To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim omil bo‘layotir.

Umumiy qiymati 59,9 million AQSh dollarilik sarmoya evaziga Germaniyaning “INGINEERING DOBERSEK GmHB” kompaniyasi bilan hamkorlikda barpo etilgan majmuaning ikkinchi navbatida fosforit rudasidan yuqori sifatli kuydirilgan fosforit konsentratlari tayyorlash hajmi yiliga 716 ming tonnaga yetkaziladi. Bu ishlab chiqarish sur’atini qariyb ikki barobar oshirib, qo‘shimcha 136 yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi.

– Mazkur loyiha kombinat tizimida olib borilayotgan ulkan o‘zgarish va yangilanishlarning yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi, – deydi majmua bo‘lim boshlig‘i Jasur Abdullayev. – Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan korxonada asosan yoshlar mehnat qilmoqda. Ishlab chiqarish jarayonlarining to‘liq avtomatlashtirilgani ish sur’atining oshishida muhim omil bo‘lmoqda

Чоп этиш

Мавзуга оид ўхшаш маълумотлар
Mamlakatimiz pilla yetishtirish hajmi va sifati bo‘yicha dunyoda yetakchi...
Xitoy kompaniyasi “Navoiy” EIIZda kabel ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi Xitoyning...
Xitoy O‘zbekistonda kimyo majmuasi qurilishiga 300 mln dollar ajratadi ...
Aholi daromadlari jon boshiga 8,7 barobar ko‘paydi. Keyingi o‘n yilda O‘zbekiston...
Мамлакатимизда қишлоқ хўжалиги соҳасида амалга оширилаётган ислоҳотлар ва таркибий...
Мамлакатимизда қишлоқ хўжалиги соҳасида амалга...
Мазкур нав шўрланган ерларда ҳам ўсиб, юқори...
Хар бир фукаро мурожаати конунда урнатилган тартибда куриб чикилади ва жавоб берилади....
Куйида Вазирлик ҳамда вилоят рахбарларининг қабул қилиш жадвали келтирилган...
Ушбу Қонун фуқароларнинг давлат органларига, муассасаларига (бундан буён матнда давлат...

Веб-сайт янгиликларидан хабардор бўлиб туриш учун қуйидаги қаторга амалдаги электрон манзилингизни киритинг ва электрон манзилингизга жўнатилган хат орқали обунани тасдиқланг: