volume

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

eye

Кўриниш

A
A
A

Шрифт ўлчами

0% га катталаштириш
Ишонч телефонлари:
(0436) 224-98-31
(0436) 224-01-79

Факс: (0436) 224-98-31
E-mail: navoiy@qsxv.uz
Иш вақти: Душанба-Жума, 08:00-17:00
Манзил: 210100, Навоий ш., Низомий-24
Мўлжал: "Турон" банки
Войти на сайт
Логин:
Пароль:
Регистрация  |  Пароль?  |  Закрыть
» » » Jismoniy shaxslardan olinidigan mol-mulk va yer soliqlarining to’lov muddatlari yakunlanishiga sanoqli kunlar qolmoqda(13.09.2014 й)

Jismoniy shaxslardan olinidigan mol-mulk va yer soliqlarining to’lov muddatlari yakunlanishiga sanoqli kunlar qolmoqda(13.09.2014 й)

Barchamizga ma’lumki, O’zbekiston Respublikasining asosiy Qonuni bo’lgan Konstitutsiyamizning 51-moddasida «Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig’imlarni to’lashga majburdirlar», deb belgilab qo’yilgan.

Jismoniy shaxslar tomonidan to’langan mol-mulk va yer soliqlari mahalliy byudjet daromadlarini to’ldirib, mahalliy ahamiyatga molik bo’lgan tadbirlarni moliyalashtirish, shahar va tumanlarni iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish, shu bilan birga aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga sarflanadi.

O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining tegishli moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslarning uy-joylari, kvartiralari, dala hovlilari, garajlari, boshqa imoratlari va joylari hamda yer uchastkalari mol-mulk va yer solig’ining soliq solish ob’ekti bo’lib, ushbu ob’ektlarning qiymati va egallagan yer maydoni esa soliq solinadigan baza bo’lib hisoblanadi.

Mol-mulk va yer soliqlari ob’ektlarini hamda soliq to’lovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish, soliq hisoblash, hisoblangan soliq summalarini belgilangan muddatda to’lanishi to’g’risida to’lov xabarnomasini har bir to’lovchiga yetkazish va o’z vaqtida to’lanishini nazorat qilish ishlari davlat soliq xizmati organlari zimmasiga yuklatilgan.

Jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari har yili 1 yanvar holatiga ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ taqdim etadigan ma’lumotlarga asosan hisoblab chiqariladi.

Jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash bo’yicha vakolatli organlar belgilagan inventarizatsiya qiymati bo’lmagan taqdirda, 2014 yilda soliq hisoblash uchun Toshkent shahri va viloyat markazlarida 18 480,0 ming so’m, boshqa shaharlar va qishloq joylarda 8 030,0 ming so’m miqdorida mol-mulkning shartli qiymatlari qo’llaniladi.

Agarda, ayrim sabablarga ko’ra jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari hisoblanmagan bo’lsa (masalan, soliq organida jismoniy shaxs egaligidagi ko’chmas mulk yoki yer uchastkalari to’g’risidagi ma’lumotlar mavjud bo’lmagan hollarda), davlat soliq xizmati organlari bunday ma’lumotlarni olgan kundan boshlab soliq davri tugaganidan keyin besh yil ichida mol-mulk va yer soliqlarini hisoblashi yoki ularning hisoblangan summasini qayta ko’rib chiqishi mumkin.

Mol-mulk va yer soliqlari summasi hamda uni to’lash muddatlari ko’rsatilgan to’lov xabarnomasi jismoniy shaxslarga davlat soliq xizmati organlari tomonidan har yili 1 maydan kechiktirmay topshiriladi.

Agarda, mol-mulk va yer soliqlarini to’lash to’g’risidagi to’lov xabarnomasini olmagan bo’lsangiz, uni taqdim etmaslik sababiga aniqlik kiritish uchun soliq solish ob’ekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga xabar qilishingiz lozim, shuningdek hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari summasi to’g’risidagi ma’lumotni hamda to’lov xabarnomalarni Davlat soliq qo’mitasining www.soliq.uz saytidagi «Soliq to’lovchining shaxsiy kabineti»dan olish mumkin.

Qayd etish joizki, jismoniy shaxslar soliq imtiyozidan tegishli huquqiy asoslar vujudga kelgan paytdan e’tiboran ular amal qiladigan butun davr mobaynida foydalanishga haqlidir. Buning uchun, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlari bo’yicha imtiyozlarni olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda davlat soliq xizmati organlariga taqdim etadilar.

O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 25 dekabrdagi «Soliq va byudjet siyosatining 2014 yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi O’RQ-359-sonli Qonuni bilan Soliq kodeksining 275 va 290-moddalariga o’zgartirishlar kiritilgan bo’lib, joriy yilning 1 aprelidan boshlab o’n nafar va undan ortiq bolalari bor ayollar, pensionerlar hamda I va II guruh nogironlariga qonun hujjatlarida belgilangan soliq solinmaydigan maydon (60 kv.metr) o’lchami doirasida mol-mulk solig’idan imtiyoz qo’llanilishi belgilandi.

Masalan, pensionerga tegishli turar joyning umumiy maydoni 80 kv.metrni tashkil etadi. Kadastr xizmati ma’lumotlariga ko’ra, ushbu turar joyning inventarizatsiya qiymati 2014 yilning 1 yanvar holatiga 9 500 ming so’m baholangan.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi 2014 yil uchun quyidagi tartibda hisoblanadi:

(9 500 – 9 500 / 80 kv.m x 60 kv.m) x 1,2 % q 28,5 ming so’m.

Shu bilan birga, mazkur qonun bilan jismoniy shaxslarning mol-mulk solig’idan Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik, yer solig’idan yaylov chorvachiligining cho’ponlari, yilqiboqarlari, mexanizatorlari, veterinariya vrachlari va texniklari, boshqa mutaxassislari va ishchilari hamda shaxsiy pensiya tayinlangan shaxslar uchun berilgan imtiyozlar bekor qilindi.

Jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyati uchun berilgan yer uchastkalari, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan turar joy fondi ob’ektlari noturar joy fond toifasiga o’tkazilganda yoki ular tomonidan noturar joy fondi ob’ektlari mulk sifatida xarid qilinganda jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari yuridik shaxslar uchun belgilangan stavka bo’yicha to’lanadi hamda ularga qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.

Jismoniy shaxslar tomonidan soliq davri uchun mol-mulk va yer soliqlarini hisobot yilining 15 oktyabriga qadar to’lanadi. Har bir fuqaro o’ziga tegishli mol-mulk ob’ektlari va yer uchastkalari uchun hisoblangan soliqni to’lov muddatidan oldin to’lashi mumkin.

Soliq to’lovchilar hisoblab berilgan mol-mulk va yer soliqlarini belgilangan muddatlarda to’lamagan taqdirda, Soliq kodeksi talablariga muvofiq to’lovning belgilangan muddatidan keyingi kundan e’tiboran, muddati o’tkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,033 foiz miqdorida penya hisoblashga sabab bo’ladi.

Shuningdek, hisoblangan soliqlarni muddatida to’lamagan fuqarolardan soliqlar amaldagi qonunchilikka binoan belgilangan tartibda sud orqali majburiy undiruvga qaratiladi.

Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasiga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yer solig’i muntazam to’lanmay kelgan fuqarolarning butun yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish huquqi bekor qilinadi.

Shunday ekan, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlarini 15 oktyabrdan kechiktirmay to’lashni unutmang.



Ravshan Nasimov,
Davlat soliq qo’mitasi Jismoniy shaxslarga soliq solish bosh boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari

Чоп этиш

Мавзуга оид ўхшаш маълумотлар
Abdulaziz Komilov Germaniyada mamlakat tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi ...
Saylov jarayonini yoritish bo‘yicha matbuot markazi Toshkent shahri Navoiy ko‘chasi...
Paxta tolasini mahalliy qayta ishlash hajmini joriy yildagi 44 foizdan 2020-yilda 70...
Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritayotgan qonun qabul qilindi...
Мамлакатимизда қишлоқ хўжалиги соҳасида амалга оширилаётган ислоҳотлар ва таркибий...
Мамлакатимизда қишлоқ хўжалиги соҳасида амалга...
Мазкур нав шўрланган ерларда ҳам ўсиб, юқори...
Хар бир фукаро мурожаати конунда урнатилган тартибда куриб чикилади ва жавоб берилади....
Куйида Вазирлик ҳамда вилоят рахбарларининг қабул қилиш жадвали келтирилган...
Ушбу Қонун фуқароларнинг давлат органларига, муассасаларига (бундан буён матнда давлат...

Веб-сайт янгиликларидан хабардор бўлиб туриш учун қуйидаги қаторга амалдаги электрон манзилингизни киритинг ва электрон манзилингизга жўнатилган хат орқали обунани тасдиқланг: