volume

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

eye

Кўриниш

A
A
A

Шрифт ўлчами

0% га катталаштириш
Ишонч телефонлари:
(0436) 224-98-31
(0436) 224-01-79

Факс: (0436) 224-98-31
E-mail: navoiy@qsxv.uz
Иш вақти: Душанба-Жума, 08:00-17:00
Манзил: 210100, Навоий ш., Низомий-24
Мўлжал: "Турон" банки
Войти на сайт
Логин:
Пароль:
Регистрация  |  Пароль?  |  Закрыть
» » » 09.10.2014 Xitoy O‘zbekistonda kimyo majmuasi qurilishiga 300 mln dollar ajratadi

09.10.2014 Xitoy O‘zbekistonda kimyo majmuasi qurilishiga 300 mln dollar ajratadi

Xitoy O‘zbekistonda kimyo majmuasi qurilishiga 300 mln dollar ajratadi

Xitoyning Eksimbanki 2014-yil oxirigacha O‘zbekiston hukumatiga “Navoiyazot” AJ bazasida polivinilxlorid (PVX) chiqarish bo‘yicha kimyoviy majmua qurish uchun 300 million dollar miqdorida kredit taqdim etadi. Bu haqda korxona vakiliga tayanib “RIA Novosti” xabar berdi.
09.10.2014 Xitoy O‘zbekistonda kimyo majmuasi qurilishiga 300 mln dollar ajratadi

Ma’lum bo‘lishicha, kredit shartlari kelishib olingan, mablag‘ noyabr—dekabr oylarida ajratilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avgustda Xitoyning China CAMC Engineering Co Ltd kompaniyasi “Navoiyazot” AJ bazasida polivinilxlorid ishlab chiqarish bo‘yicha 439,8 million dollarlik kimyo majmuasini qurishi xabar berilgan edi.

Xitoy kompaniyasi kelishuv doirasida ishlab chiqarish quvvati yiliga 100 ming tonna PVX, 75 ming tonna kaustik soda va 300 ming tonna metanolga teng majmuani tayyor holda topshiradi. Loyihani amalga oshirish muddati 36 oy.

Umumiy qiymati 501,1 million dollarga teng loyiha chet el kreditlari va o‘zbek tomoni mablag‘lari tomonidan moliyalashtiriladi.

“Navoiyazot” O‘zbekistondagi eng yirik kimyoviy korxona bo‘lib, 1964-yilda ishga tushirilgan. Zavod azot o‘g‘itlar, nitron tola va boshqalar ishlab chiqarishga ixisoslashgan.

Чоп этиш

Мавзуга оид ўхшаш маълумотлар
Xitoy kompaniyasi “Navoiy” EIIZda kabel ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi Xitoyning...
O‘zbekistonda Markaziy Osiyoda birinchi quyosh stansiyasi 2015-yilda qurila...
O‘zbekiston paxta yarmarkasi doirasida 1 milliard dollarlik shartnomalar tuzadi ...
Davlat dasturi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil...
Мамлакатимизда қишлоқ хўжалиги соҳасида амалга оширилаётган ислоҳотлар ва таркибий...
Мамлакатимизда қишлоқ хўжалиги соҳасида амалга...
Мазкур нав шўрланган ерларда ҳам ўсиб, юқори...
Хар бир фукаро мурожаати конунда урнатилган тартибда куриб чикилади ва жавоб берилади....
Куйида Вазирлик ҳамда вилоят рахбарларининг қабул қилиш жадвали келтирилган...
Ушбу Қонун фуқароларнинг давлат органларига, муассасаларига (бундан буён матнда давлат...

Веб-сайт янгиликларидан хабардор бўлиб туриш учун қуйидаги қаторга амалдаги электрон манзилингизни киритинг ва электрон манзилингизга жўнатилган хат орқали обунани тасдиқланг: